Yuklanmoqda...

Bolalar massaji mushak tonusini me'yorlash, qon aylanishini yaxshilash, uyquni normallashtirish va hazm jarayoniga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Yengil va xavfsiz texnikalar yordamida nerv tizimini tinchlantirishga, motor rivojlanishni qo'llab-quvvatlashga yordam beradi.

LFK mushak-skelet tizimi muammolarida, qomat buzilishlarida va jarohatlardan keyingi reabilitatsiyada samarali. Mashqlar shifokor tavsiyasi asosida individual dastur bo'yicha o'tkaziladi.

AFK - bu bolalarning motor rivojlanishi va funksional ko'nikmalarini yaxshilashga qaratilgan moslashuvchan kinesiologik terapiya usuli. Bu usul bolaning individual ehtiyojlariga moslashuvchan yondashuv bilan mashqlarni amalga oshiradi.

Suv oqimlari bosimi yordamida tanaga ta'sir ko'rsatib, mushaklarni bo'shashtiradi, qon va limfa aylanishini faollashtiradi. Stressni kamaytirib, terining umumiy holatini yaxshilaydi.

Maxsus trenajyorlarda mashqlar mushak kuchini tiklash, bo'g'im harakatchanligini oshirish va funksional faoliyatni yaxshilashga qaratiladi. Bolaning yoshi va holatidan kelib chiqqan holda tanlanadi.

Nutq buzilishlari (tutqusilik, tovush qo'yish muammolari, kechikkan nutq)ni korreksiya qilish. Lug'at boyligini kengaytirish, fonematik eshituvni rivojlantirish va to'g'ri talaffuzni shakllantirishga yordam beradi.

An'anaviy Xitoy tibbiyotiga asoslangan davolash usuli bo'lib, tananing ma'lum nuqtalariga ingichka steril ignalar kiritish orqali turli kasalliklarni davolash va oldini olish. Organizmning tabiiy shifo jarayonlarini faollashtirishga yordam beradi.

Bolalar mushak-skelet tizimi kasalliklarini tashxislash va davolashga ixtisoslashgan mutaxassis. Qomat buzilishlari, yassi oyoqlik, bo'g'im muammolari va skelet tizimi anomaliyalarini korreksiya qilish bilan shug'ullanadi.

Yangi tug'ilganlardan 18 yoshgacha bo'lgan bolalar salomatligini kuzatish, kasalliklarni oldini olish va davolash bilan shug'ulanadigan mutaxassis shifokor. Muntazam tibbiy ko'rik, emlash va rivojlanish monitoringini amalga oshiradi.

Bolalar nerv tizimi kasalliklarini tashxislash va davolashga ixtisoslashgan mutaxassis. Migren, epilepsiya, rivojlanish kechikishlari, diqqat yetishmovchiligi va boshqa nevrologik muammolarni hal qilish bilan shug'ullanadi.

Bolalar motor rivojlanishini rag'batlantirishga qaratilgan maxsus terapiya usuli. Kuchli va dinamik harakatlar orqali bolaning mushak kuchi, muvozanati va harakat ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Copyright © 2024. Barcha huquqlar himoyalangan.