Yuklanmoqda...
Oyoqlarning yoki panjalarning ichkariga egilishi bilan kechadigan suyak-mushak tizimi buzilishi.
Valgus deformatsiyasi — bu oyoqlarning yoki panjalarning ichkariga egilishi bilan kechadigan suyak-mushak tizimi buzilishi. Eng ko'p uchraydigan turi — bolalarda oyoqlarning "Х" shaklida egilishi.
Sabablari: Oyoq suyaklari va bo'g'imlarining sust rivojlanishi. Mushak va paylarning zaifligi. Raxit yoki D vitamini yetishmasligi. Bola erta yurishni boshlashi.
Belgilari: Bola yurayotganda oyoqlar "Х" shaklida turadi. Tizzalar bir-biriga tegadi. Yurishda beqarorlik, charchash. Poyabzalning ichki qismi tez yeyiladi.
Davolash: Massaj — oyoq mushaklarini mustahkamlaydi. Davolovchi gimnastika va LFK. Ortopedik poyabzal yoki tagliklar. Suzish, qumda yalangoyoq yurish.
Copyright © 2024. Barcha huquqlar himoyalangan.