
Chaqaloqda mushak tonusi yuqori yoki past bo’lsa nima qilish kerak?
Ko‘p ota-onalar farzandlari tug‘ilganidan so‘ng shifokordan “mushak tonusi baland” yoki “mushak tonusi past” degan so‘zlarni eshitishadi. Bu holat tashvishga solib qo‘yadi. Lekin o‘z vaqtida to‘g‘ri yondashuv bilan muammoni bartaraf etish mumkin. Ushbu maqolada siz mushak tonusi nima ekanligi, uning baland yoki past bo’lishining belgilari va eng muhimi — bunga qanday yechim borligini bilib olasiz.
Mushak tonusi nima?
Mushak tonusi — bu mushaklarning tinch holatdagi tabiiy tarangligi. Har bir odamda, shu jumladan chaqaloqlarda ham, mushaklar doimo ma‘lum darajada tarang bo’ladi. Bu taranglik jismoniy harakatni, muvozanatni va to‘g’ri turishni ta‘minlaydi. Agar tonusning me’yori buzilsa, bolaning harakat rivojlanishi sekinlashishi mumkin.
Yuqori mushak tonusi (Gipertonus) belgilari
Gipertonus — mushaklarning me‘yoridan ortiq tarang bo’lishi. Quyidagi belgilar sezilsa, shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi: • Bola musht bog‘lagan holda tug‘iladi va qo‘llarini ochishga qiynaladi • Oyoqlar kesib o‘tkazilgan yoki qattiq tarang holatda bo’ladi • Uxlayotganda yoy shaklidagi tana pozasi kuzatiladi • Emizilayotganda tishi-tisHiga qisiladi yoki tez charchaydi • Bosh orqaga tashlanib turadi • Ko‘tarilganda gavda qattiq, egiluvchan emas
Test Test