Yuklanmoqda...
Erta yoshdagi bolalarda uchraydigan kasallik bo'lib, D vitamini tanqisligi, kalsiy va fosfor almashinuvi buzilishi natijasida yuzaga keladi.
Raxit — bu erta yoshdagi bolalarda uchraydigan kasallik bo'lib, D vitamini tanqisligi, kalsiy va fosfor almashinuvi buzilishi natijasida yuzaga keladi. Bu suyaklarning yumshab ketishiga, o'sishning sekinlashishiga va suyak deformatsiyalariga olib keladi.
Sabablari: Quyosh nuri yetishmasligi. Oziq-ovqat orqali D vitamini yetarlicha olinmasligi. Jigar, buyrak va ichak faoliyatining buzilishi. Muddatidan oldin tug'ilish.
Belgilari: Asabiylik, injiqlik, boshning haddan tashqari terlash. Bola kechroq boshini ushlab turadi. Bosh suyagi yumshaydi, peshona chiqib ketgan. Qovurg'alarda qalinlashish.
Davolash: Asosiy davolash — D vitamini (faqat shifokor tavsiyasi bilan!). Ratsionda kalsiy va fosforni ko'paytirish. Massaj, davolovchi gimnastika, quyoshda sayr qilish.
Copyright © 2024. Barcha huquqlar himoyalangan.