
Chaqaloqda mushak tonusi yuqori yoki past bo’lsa nima qilish kerak?
Ko‘p ota-onalar farzandlari tug‘ilganidan so‘ng shifokordan “mushak tonusi baland” yoki “mushak tonusi past” degan so‘zlarni eshitishadi. Bu holat tashvishga solib qo‘yadi. Lekin o‘z vaqtida to‘g‘ri yondashuv bilan muammoni bartaraf etish mumkin. Ushbu maqolada siz mushak tonusi nima ekanligi, uning baland yoki past bo’lishining belgilari va eng muhimi — bunga qanday yechim borligini bilib olasiz.
Mushak tonusi nima?
Mushak tonusi — bu mushaklarning tinch holatdagi tabiiy tarangligi. Har bir odamda, shu jumladan chaqaloqlarda ham, mushaklar doimo ma‘lum darajada tarang bo’ladi. Bu taranglik jismoniy harakatni, muvozanatni va to‘g’ri turishni ta‘minlaydi. Agar tonusning me’yori buzilsa, bolaning harakat rivojlanishi sekinlashishi mumkin.
Yuqori mushak tonusi (Gipertonus) belgilari
• Bola musht bog‘lagan holda tug‘iladi va qo‘llarini ochishga qiynaladi
• Oyoqlar kesib o‘tkazilgan yoki qattiq tarang holatda bo’ladi
• Uxlayotganda yoy shaklidagi tana pozasi kuzatiladi
• Emizilayotganda tishi-tisHiga qisiladi yoki tez charchaydi
• Bosh orqaga tashlanib turadi
• Ko‘tarilganda gavda qattiq, egiluvchan emas
Past mushak tonusi (Gipotonus) belgilari
• Bola “latka” kabi bo’shashib yotadi, ushlab ko‘tarilganda qo’ldan sug’urilgandek bo’ladi
• Bosh nazoratini o‘z vaqtida olishga qiynaladi
• Qorin ustida yotganda boshini ko‘tara olmaydi
• Oyoqlari har doim yoyilgan yoki tarang emas
• Emish refleksi zaif, tez charchaydi
• Yurish va o‘tirish bosqichlari kechikadi
Bu holat nima sababdan yuzaga keladi?
• Homiladorlik davridagi asoratlari (kislorod yetishmasligi, toksikoz)
• Og‘ir yoki uzoq davom etgan tug‘ruq
• Chala tug‘ilish (prematurlik)
• Asab tizimining rivojlanish xususiyatlari
• Irsiy omillar
Qachon shifokorga borish kerak?
Agar yuqoridagi belgilardan biri yoki bir nechtasi sezilsa, kechiktirmasdan pediatr yoki nevrolog bilan maslahatlashing. Erta tashxis va muolaja qanchalik tez boshlanishi bilan natija shunchalik yaxshi bo’ladi. 1 yoshgacha bo’lgan davr bola miyasi va asab tizimi uchun “oltin davr” hisoblanadi.
Davolash usullari
Maxsus bolalar massaji gipertonus holatida mushakларni bo’shashtirishga, gipotonus holatida esa mushaklarni faollashtirishga yordam beradi. Kursni malakali massajchi bilan olib borish muhim, chunki noto’g’ri texnika zararli bo’lishi mumkin. Babyland klinikasida bolalar massaji har bir bolaning individual holati hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
2. LFK (Davolovchi jismoniy tarbiya)
Mutaxassis bolaga mo’ljallangan maxsus mashqlar yordamida mushak tonusini me‘yorlashga, harakatlanish ko’nikmalarini rivojlantirishga va posturani to’g’irlashga yordam beradi. LFK seanslar bolaning yoshi va ahvoliga qarab tuziladi.
3. CME / MEDEK terapiyasi
CME (Cuevas Medek Exercises) — motor rivojlanishi kechikkan bolalar uchun mo’ljallangan ilmiy asoslangan terapiya usuli. Bola tabiiy motor reflekslarini ishga solish orqali mustaqil harakatlanishga o’rgatiladi. Usul xalqaro miqyosda tan olingan va samarali deb e’tirof etilgan.
4. Gidromassaj I
liq suv muhiti mushaklarni tabiiy ravishda bo’shashtiradi va harakat ko’nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Gipertonus bilan og’rigan bolalar uchun juda samarali usul hisoblanadi.
Uyda nima qilish mumkin?
• Bolani ko‘p vaqt qorin bilan yotqizing — bu bo’yin va orqa mushaklarini mustahkamlaydi
• Erkin harakatga imkon bering, qattiq o‘roq o’rab qo’ymang
• Bolangizga ko‘proq teginib turing, qo’lda ko’taring — tanaga sezgi muhim
• Shifokor tavsiya qilgan oddiy mashqlarni kundalik tartibga kiriting
• Bolaning rivojlanishini qayd qilib boring — bosh ko’tarishi, o’tirishga urinishi, holati
Bepul konsultatsiya oling!
Tel: (+998) 95 281 70 70 | babylandclinic.uz